Abduqodir Husanov EChL final bosqichida maydonga tushgan  to‘rtinchi o‘zbekistonlik futbolchi bo‘ldi (foto)

  • 30 noyabr, 2023, 02:53
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Abduqodir Husanov - Chempionlar Ligasi final bosqichida (saralashda emas) maydonga tushgan  to‘rtinchi o‘zbekistonlik futbolchiga aylandi! Bundan oldin Jafar Irismetov, Maksim Shatskix va Jasur Yaxshiboev Evropaning eng nufuzli turnirida harakat qilish baxtiga muyassar bo‘lgandi. 

Shuningdek, 20 yoshli hamyurtimiz bir vaqtning o‘zida EChLda maydonga tushgan ilk o‘zbekistonlik himoyachi hamda eng yosh o‘zbekistonlik futbolchi ham bo‘lib oldi.

Ma’lumot o‘rnida, u to‘p tepadigan "Lans" ayni vaqtda "Arsenal"ga o‘ta yirik 6:0 hisobida mag‘lub bo‘lmoqda.

husanov_2

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!